UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA TA'LIM SIFATI MONITORINGI VA DIAGNOSTIK VOSITALAR TIZIMI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini baholash uchun ishlab chiqilgan diagnostik vositalar tizimi va monitoring mexanizmlari yoritilgan. Muallif tomonidan 4 toifadagi respondentlar (rahbarlar, metodika birlashmalari raislari, pedagoglar, o‘quvchilar) uchun moslashtirilgan so‘rovnoma va testlar tavsiflanadi, ularning mazmuni, baholash mezonlari va statistik ishonchliligi asoslanadi. Taklif etilgan diagnostika majmui “sharoit - jarayon - natija” triadasini kompleks baholash imkonini beradi. Diagnostik vositalar 2024-2025 o‘quv yilida 10 ta maktab, 270 nafar pedagog va rahbar xodim, 300 nafar o‘quvchi ishtirokida sinovdan o‘tkazilgan. Ularning ishonchliligi Kronbax alfa koeffitsienti (α=0,87) va test-qayta test usuli bilan tasdiqlangan.