Published November 11, 2026 | Version v1

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA TA'LIM SIFATIGA TA'SIR ETUVCHI TASHKILIY-PEDAGOGIK OMILLAR: TASNIFI, TAHLILI VA BOSHQARUV MEXANIZMLARI

Description

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi tashkiliy-pedagogik omillar tizimli tasniflangan, ularning ta’sir darajasi eksperimental ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Omillar ichki-tashqi, subyektiv-obyektiv, moddiy-texnik va kadrlarga oid mezonlar bo‘yicha guruhlangan. Tadqiqot natijalari 2024-2025 o‘quv yilida 10 ta maktab, 270 nafar pedagog va rahbar xodim, 300 nafar o‘quvchi ishtirokidagi so‘rovnoma va statistik tahlillarga asoslangan. Omillarning ta’lim sifatiga ta’sir kuchi regressiya tahlili yordamida aniqlangan bo‘lib, eng kuchli ta’sir etuvchi omillar - rahbarning boshqaruv uslubi (β=0,42), o‘qituvchilar motivatsiyasi (β=0,38), byurokratik yuklama (β=-0,35) va moddiy-texnik baza (β=0,29) ekanligi aniqlangan. Ushbu omillarni boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

4 (53).pdf

Files (375.8 kB)

Name Size
md5:2baad50735fd25f2fd3a9761bb430079
375.8 kB Preview Download