Published November 11, 2026 | Version v1

PAVEL BENKOV HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINING ASOSIY BOSQICHLARI: XIX–XX ASRLAR RUS TASVIRIY SAN'ATI AN'ANALARINING RASSOM IJODIGA TA'SIRI

Authors/Creators

Description

Maqolada Pavel Petrovich Benkov (1879-1949) hayoti va ijodiy faoliyati tarixiy-san’atshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganilib, Qozon va Peterburgdagi kasbiy shakllanishi, Yevropa badiiy tajribasi, teatr-dekoratsiya ishlari hamda O‘zbekiston, ayniqsa Samarqand davridagi ijodi o‘zaro bog‘liq jarayonlar sifatida tahlil qilinadi. Rus akademik-realistik maktabi, XIX asr oxiri plener rangtasviri va impressionistik rang sezgirligining Benkov asarlaridagi davomiyligi ochib beriladi. “Buxorodagi yopiq bozor”, “Xivalik qiz”, “Hovuz yonida suv tashuvchilar”, “Dutor tutgan qiz” va kechki Samarqand manzaralari kompozitsiya, yorug‘lik, rang va ijtimoiy mazmun mezonlari bo‘yicha qiyosiy ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot Benkovni tayyor uslubni ko‘chirgan ijodkor emas, balki rus rangtasvir an’analarini mahalliy madaniy makon bilan ijodiy sintez qilgan rassom va pedagog sifatida talqin etadi.

Files

55.pdf

Files (314.3 kB)

Name Size
md5:dcd575ebf00f37e6b9e407f1394ca9f3
314.3 kB Preview Download