NEYROTARMOQ «UCHINCHI SHAXS»MI? SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHDA ADVOKATLIK SIRI
Authors/Creators
Description
Maqola advokatlik siri va advokatning sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishi o‘rtasidagi nisbatga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektga oid dastlabki normalar qabul qilingani, biroq «Advokatura to‘g‘risida»gi Qonunda mijoz ma’lumotlarini bunday tizimlarga kiritish mumkinligi belgilanmagani bilan bog‘liq. Ishning maqsadi – ulardan foydalanish advokatlik sirini buzmaydigan shartlarni aniqlash. Dialektik, formal-yuridik va qiyosiy-huquqiy usullar, huquqiy modellashtirish va huquqiy statistika usullari qo‘llanildi, Amerika advokatlar assotsiatsiyasi va Yevropa advokatlar kengashining tavsiyalari hamda sud amaliyoti o‘rganildi. Bunday tizimlardan foydalanishning uch bosqichli modeli va Qonunning 9-moddasiga qo‘shimcha taklif etildi.
Natijalardan qonun ijodkorligida va Advokatlar palatasi faoliyatida foydalanish mumkin.