Published November 10, 2026 | Version v1

RANGTASVIRDA MAKON VA VAQTNING BADIIY SINTEZI: VIZUAL OBRAZ, RAMZIYLIK VA KOMPOZITSION TAFAKKUR

Description

Mazkur maqolada rangtasvir san’atida makon va vaqtning badiiy sintezi, vizual obrazlarning ramziy mazmuni hamda kompozitsion tafakkurning tomoshabin idrokiga ta’siri tahlil qilinadi.Shuningdek tarixiy voqelikni zamonaviy badiiy tafakkur orqali qayta talqin qilish, o‘tmish va bugungi kun o‘rtasidagi ma’naviy-falsafiy bog‘liqlikni tasviriy vositalar orqali ochib berishga qaratilgan. Asarda tarixiy obrazning badiiy talqini hokimiyat, inson tabiati, zulm va ma’naviy inqiroz kabi dolzarb masalalar haqida mushohada yuritishga undaydi. Makonning kompozitsion tashkil etilishi, ramziy belgilar, ranglar munosabati hamda vizual qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi asarning g‘oyaviy mazmunini shakllantiruvchi omillar sifatida o‘rganiladi. Rangtasvirning nafaqat voqelikni tasvirlash, balki yashirin ma’nolarni ochish, tarixiy xotirani faollashtirish va tomoshabinni mustaqil fikrlashga chorlash imkoniyatlari yoritiladi. Maqolaning ahamiyati tarixiy mavzuning zamonaviy badiiy ifodasi orqali makon, vaqt va inson tafakkuri o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ochib berish bilan belgilanadi.

Files

46.pdf

Files (708.9 kB)

Name Size
md5:72463737c683ff052e8b1c92e9378191
708.9 kB Preview Download