XX ASRNING BIRINCHI YARMI O'ZBЕK KINOSIDA DAVR MUAMMOLARINI YORITISHDA KINOQAHRAMON OBRAZIDAGI LIBOSNING RAMZIY HUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida o‘zbek kinosida davr muammolarini yoritishda kinoqahramon obrazidagi libosning badiiy va ramziy xususiyatlari tahlil qilinadi. Dastlabki o‘zbek filmlarida libosning qahramonning ijtimoiy mavqei, milliy mansubligi va mafkuraviy qarashlarini ifodalashdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. An’anaviy va zamonaviy liboslar qarama-qarshiligi orqali jamiyatdagi ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar, eski va yangi hayot tarzi o‘rtasidagi ziddiyatlarning vizual ifodalanishi ochib beriladi. Ovozli kino shakllanishi jarayonida libosning ramziy va dramaturgik vazifalari kuchayib, u kinoqahramon obrazini yaratishning muhim badiiy vositasiga aylangani asoslanadi.