AMALIY BEZAK SAN'ATINI RIVOJLANTIRISHDA KULOLCHILIK HUNARINING TA'LIM TIZIMIDAGI O'RNI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada amaliy bezak san‘atini ta’lim tizimida rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari, xususan, kulolchilik hunarining o‘quvchilar ijodiy salohiyati, estetik tafakkuri va milliy-madaniy qadriyatlarga munosabatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil etiladi. Kulolchilik san’atining tarixiy taraqqiyoti, o‘zbek milliy kulolchilik maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu hunarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar, loyiha asosida o‘qitish, ustoz-shogird an’anasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati asoslab beriladi. Kulolchilik mashg‘ulotlarini tizimli tashkil etish orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, estetik did, mehnatsevarlik, sabr-toqat va milliy madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi.