Published September 25, 2026 | Version v1

HUDUDLAR BO'YICHA AHOLI JON BOSHIGA SANOAT ISHLAB CHIQARISHI FARQLARI: O'ZBEKISTON, 2017–2024-YILLAR

  • 1. Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti, "Iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi" kafedrasi iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent

Description

Maqolada O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi farqlari 2017–2024-yillar uchun Milliy statistika qo‘mitasi (SIAT) ma’lumotlari asosida oddiy ko‘rsatkichlar bilan baholandi. Respublika bo‘yicha jon boshiga hajm (joriy narxlarda) 5,15 baravar oshdi, ammo eng yuqori va eng past hudud o‘rtasidagi farq 14,5 martadan 28,3 martagacha kengaydi (2020-yilda 32,3). Variatsiya koeffitsiyenti 0,80 dan 1,15 gacha o‘sdi, Navoiy viloyatisiz esa 0,71–0,79 oralig‘ida deyarli o‘zgarmadi; demak, kengayish asosan bitta hudud hisobiga yuz berdi. Jizzax (8,43 baravar) va Xorazm (6,21 baravar; 11-o‘rindan 8-o‘ringa) yuqori o‘sish ko‘rsatdi, Qashqadaryo (3,10) va Qoraqalpog‘iston (3,26) sekin o‘sdi. Qiymatlar nominal, shuning uchun hududlar o‘sishini taqqoslash natijalari narx farqlaridan tozalanmagan.

Files

HUDUDLAR BO‘YICHA AHOLI JON BOSHIGA SANOAT ISHLAB CHIQARISHI FARQLARI-O‘ZBEKISTON, 2017–2024-YILLAR.pdf