Published September 25, 2026 | Version v1

XORIJIY INVESTITSIYA VA KREDITLARNING HUDUDIY TAQSIMOTI: KONSENTRATSIYA VA JON BOSHIGA HISOB (O'ZBEKISTON, 2017–2025)

  • 1. Toshkent texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti, "Iqtisodiyot, moliya va buxgalteriya hisobi" kafedrasi iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent

Description

Maqolada xorijiy investitsiya va kreditlarning hududiy taqsimoti 2017–2025-yillar uchun SIAT ma’lumotlari asosida konsentratsiya ko‘rsatkichlari va jon boshiga hisob bilan baholandi. Respublika bo‘yicha oqim 17 146,5 mlrd so‘mdan 433 881,8 mlrd so‘mgacha (25,3 baravar, nominal) oshdi. Herfindal indeksi 2017-yildagi 2 764 dan 2025-yilda 886 gacha pasaydi, eng yirik uch hudud ulushi 74,2 dan 38,7 foizgacha tushdi; 2017-yilgi yuqori konsentratsiya bitta hudud (Buxoro, 48 foiz) hisobiga bo‘lgan. 2017–2025-yillar jami bo‘yicha eng katta ulush Toshkent shahri (15,3), Toshkent viloyati (11,6) va Buxoroga (10,4), eng kichigi Xorazmga (2,8) to‘g‘ri keladi. 2025-yilda jon boshiga eng yuqori ko‘rsatkich Navoiyda (34,1 mln so‘m), eng past Surxondaryoda (5,3 mln so‘m).

Files

XORIJIY INVESTITSIYA VA KREDITLARNING HUDUDIY TAQSIMOTI-KONSENTRATSIYA VA JON BOSHIGA HISOB (O‘ZBEKISTON, 2017–2025)++.pdf