AKBAR RAHIMOV IJODIDA KULOLCHILIK VA XATTOTLIK SAN'ATINING UYG'UNLIGI - TARIXIY-EPIGRAFIK AN'ANALAR VA ZAMONAVIY TALQIN
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada O‘zbekiston amaliy bezak san’atining ikki muhim yo‘nalishi kulolchilik va xattotlikning o‘zaro munosabati Akbar Rahimov hamda Rahimovlar kulolchilik sulolasi ijodiy merosi doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sopol buyumlar yuzasida arab yozuvlarining badiiy bezak vositasiga aylanishi, epigrafik kompozitsiyalarning shakllanishi, yozuv va naqsh o‘rtasidagi munosabat, shuningdek, tarixiy keramika namunalaridagi xattotlik an’analarining zamonaviy ijodda qayta talqin qilinishi masalalariga e’tibor qaratiladi. Afrosiyob, Somoniylar va Temuriylar davri keramikasi bilan bog‘liq tarixiy-badiiy tajriba Rahimovlar sulolasi ijodiy izlanishlarini o‘rganish uchun muhim kontekst sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada xattotlikning faqat matnni ifodalash vositasi emas, balki sopol buyumning kompozitsion tuzilishi, estetik ta’siri va madaniy mazmunini shakllantiruvchi badiiy unsur ekanligi asoslanadi.