JEYN OSTIN ROMANLARIDA "YANGI AYOL" OBRAZINING POETIK SHAKLLANISHI
Authors/Creators
Description
Mazkur konferensiya tezisida Jeyn Ostin romanlaridagi ayol obrazining an’anaviy sentimental qahramon modelidan intellektual va axloqiy jihatdan faol subyektga aylanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot K.L. Jonson, V. Kossi, N. Faxrshafai, J. Ramanatan va G. Azeredo qarashlarini qiyosiy o‘rganishga tayangan holda gender stereotiplari, ayol sezgirligi, nikoh, ijtimoiy mavqe va shaxsiy tanlovning poetik vazifalarini yoritadi. Tezisda Ostinning “yangi ayol” modeli zamonaviy ma’nodagi mutlaq ozodlik emas, balki tarixiy cheklovlar doirasida o‘z fikri, axloqiy hukmi va tanlov huquqini himoya qila oladigan badiiy shaxs sifatida talqin qilinadi. Qarama-qarshi ilmiy yondashuvlar asosida Ostin poetikasining progressiv va tarixan cheklangan tomonlari birgalikda baholanadi.