Published November 9, 2026 | Version v1

ONLAYN OAVDA EKOLOGIK XABARLARNI DALILLASH VA AXBOROT MANBALARIDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI (GAZETA.UZ, KUN.UZ VA DARYO.UZ MISOLIDA)

Description

Maqolada Gazeta.uz, Kun.uz va Daryo.uz nashrlarining ekologik xabarlarida dalil va axborot manbalaridan foydalanish xususiyatlari tahlil qilindi. 2025-yil avgust-dekabr oylarida e’lon qilingan to‘qqizta material maqsadli tanlandi. Har bir xabarda yetakchi axborot manbasi, dalil turi, raqamning izohlanishi hamda fakt bilan munosabatning ajratilishi ko‘rib chiqildi. Tanlangan korpusda to‘rtta xabar rasmiy ma’lumot yoki monitoringga, ikkita material suhbatdosh va mutaxassis fikriga, uchtasi esa tarixiy yoki qiyosiy tahlilga yetakchi darajada tayanishi qayd etildi. Ushbu toifalar mazkur tanlama doirasida berilgan; ular nashrlarning barcha xabarlarini ifodalamaydi.

Files

79-87.pdf

Files (690.9 kB)

Name Size
md5:88c6dbce3d71fdc62a607e9e30e61019
690.9 kB Preview Download