Published November 8, 2026 | Version v1

O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDA "IT" KONSEPTINING BAHOLOVCHI VA LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

  • 1. Filologiya fanlari doktori, professor, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo'linmasi rahbari,
  • 2. BuxDU doktoranti,

Description

Annotatsiya

Maqolada o‘zbek xalq maqollarida “it” konsepti asosida shakllangan baholovchi mazmun lingvopragmatik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. It zoonimi ishtirokidagi maqollarda insonning xulq-atvori, ijtimoiy mavqe, qo‘rqoqlik, tobelik, tajovuzkorlik, manfaatparastlik kabi xususiyatlariga munosabat bildirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda obraz, metafora va baho kategoriyalarining o‘zaro munosabati aniqlanib, baholashning faqat leksik ma’no bilan emas, balki maqolning umumiy kommunikativ-pragmatik mazmuni bilan yuzaga kelishi asoslanadi. Shuningdek, “itning jini – devona, kelinning jini – qaynona” kabi birliklarda to‘g‘ridan to‘g‘ri metaforizatsiya emas, balki formal parallelizm, semantik qiyos va obrazli assotsiatsiyaning baholovchi mazmun hosil qilishdagi roli ko‘rsatiladi. “It” konseptining o‘zbek paremiologik tafakkuridagi baholovchi maydoni biryoqlama emasligi, ayrim kontekstlarda sadoqat, xizmat, hamrohlik va qo‘riqlash kabi ijobiy semantik belgilar ham mavjudligi qayd etiladi.

Kalit so‘zlar: “it” konsepti, baho, baholash kategoriyasi, lingvopragmatika, lingvomadaniyat, obraz, metafora, zoonim, paremiologiya, o‘zbek xalq maqollari.

Files

144-149.pdf

Files (1.4 MB)

Name Size
md5:93fa035d31a2638e862ffba2ad576603
1.4 MB Preview Download