XUSUSIY TADBIRKORLIKDA YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARINI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARASI
Authors/Creators
- 1. Andijon davlat texnika instituti "Iqtisodiyot" kafedrasi stajyor o'qituvchisi
Description
Xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi, ekologik va moliyaviy afzalliklari hamda uzoq muddatli barqaror rivojlanishga ta’siri tadqiq etilgan. Ishlab chiqarish jarayonlarida energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, suv va xomashyo resurslaridan oqilona foydalanish, chiqindilarni qayta ishlash hamda ekologik innovatsiyalarni rivojlantirishning iqtisodiy jihatlari tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro tashkilotlarning ilmiy-tahliliy materiallari asosida xususiy tadbirkorlik subyektlarining mazkur jarayondagi o‘rni va imkoniyatlari yoritilgan. Yashil texnologiyalarni qo‘llash orqali ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tadbirkorlik subyektlarining uzoq muddatli raqobatbardoshligini mustahkamlash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.