MILLIY TIL – MILLIY RUH, MILLIY RUH – MILLATNING YASHASH ASOSI
Authors/Creators
- 1. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi Buxoro viloyati hududiy bo'linmasi rahbari, filologiya fanlari doktori (DSc).
Description
Mazkur maqolada milliy til va milliy ruh o‘rtasidagi uzviy munosabat, tilning milliy o‘zlikni shakllantirish, tarixiy xotirani saqlash va avlodlararo ma’naviy davomiylikni ta’minlashdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Milliy til faqat kommunikatsiya vositasi emas, balki xalqning tarixiy tajribasi, dunyoni idrok etish tarzi, qadriyatlari, urf-odatlari, axloqiy qarashlari va estetik tafakkurini mujassamlashtiruvchi murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida talqin etiladi. Maqolada “milliy til”, “milliy ruh”, “milliy ong”, “milliy o‘zlik” va “milliy xotira” tushunchalarining o‘zaro aloqasi ochib berilib, milliy ruhning til orqali namoyon bo‘lish mexanizmlari ko‘rsatiladi. Shuningdek, globallashuv va raqamli kommunikatsiya sharoitida milliy tilning funksional imkoniyatlarini kengaytirish, uning adabiy me’yorlarini asrash va zamonaviy ilmiy-texnologik sohalarda faol qo‘llanishini ta’minlash milliy o‘zlikni saqlashning muhim omili ekanligi asoslanadi.
Kalit so‘zlar: milliy til, milliy ruh, milliy ong, milliy o‘zlik, milliy xotira, lingvomadaniyat, til va tafakkur, milliy qadriyat, adabiy til, globallashuv.