CHANGES IN THE PHYSICAL PROPERTIES OF SOILS DISTRIBUTED IN THE BOYAVUT DISTRICT OF SIRDARYO REGION UNDER THE INFLUENCE OF CLIMATE FACTORS
Authors/Creators
Description
Annotatsiya: Maqolada Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tarqalgan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning fizik
xossalari o‘rganildi. Tadqiqot davomida tuproq namunalari tumanning shimoliy, sharqiy, janubiy, g‘arbiy va
markaziy qismlaridan olinib, ularning mexanik tarkibi, solishtirma og‘irligi, hajm og‘irligi, umumiy g‘ovakligi,
nam sig‘imi va suv o‘tkazuvchanligi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, tuproqlarning solishtirma og‘irligi 2,64-2,78
g/sm³, hajm og‘irligi 1,14-1,44 g/sm³, umumiy g‘ovakligi esa 36,52-46,94 % oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi.
Tadqiqot hududida fizik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lum darajada farqlar kuzatilgan bo‘lsa-da, keskin hududiy
qonuniyatlar qayd etilmadi. Olingan natijalar Boyovut tumani bo‘z-o‘tloqi tuproqlarining fizik holatini baholash,
ulardan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini saqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab
chiqishda muhim ahamiyatga ega.