MAISHIY SHOVQINGA QARSHI KURASH TALABLARINI BUZISH HUQUQBUZARLIGINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish huquqbuzarligining kelib chiqish sabablari, uning o‘ziga xos huquqiy va kriminogen xususiyatlari hamda profilaktika inspektorlarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tungi vaqtda tinchlik va aholi osoyishtaligini buzish, ovoz balandligining belgilangan sanitariya normalaridan ortib ketishi bilan bog‘liq huquqiy ta’sir choralari tahlil qilingan. Shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ma’muriy javobgarlik choralarini takomillashtirish hamda sohaga raqamli monitoring elementlarini joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.