Published November 2, 2026 | Version v1

JAMIYATNI TANAZZULDAN TARBIYAGINA HALOS ETADI (SOTSIОLOGIK TAHLIL)

Description

Insoniyat tarixidan ma’lumki, tarbiya - ijtimoy munosabatlarni tartibga soluvchi, jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi, tarix va kelajakni uzviy bog‘lovchi eng muhim omil hisoblanadi. Agarda tarbiya bo‘lmaganida edi, jamiyatda turli tartibsizliklar avj olgan, insoniyat o‘rtasida ziddiyatlar keskinlashgan, insoniyat va jamiyat hozirga qadar yetib kyelmasligi mumkin edi. Inson ehtiyoji uchun moddiy va ma’naviy ne’matlar kabi ayniqsa, tarbiya muhim omil bo‘lib, uning yuksalishi va kamol topishida asosiy o‘rinni egallaydi. Tarbiya barcha zamonlarda, barcha millatlar, barcha oilalarda dolzarb muammolardan biri sifatida tadqiqotchilar e’tiborini jalb etib kelgan. Bu borada Sharq va Gʻarb mutafakkir allomalarining qarashlari, asarlari, hozirgi zamon olimlarining ilmiy tadqiqot ishlarida dolzarb muammolardan biri sifatida keng tadqiq qilingan. Hozirgi zamon taraqqiyotga erishayotgan bir davrda tarbiyasizlik, axloqsizlik kabi illatlarning ham ortib borayotganligiga guvohi bo‘lmoqdamiz. Ayniqsa, hurmatsizlik, mehrsizlik, oqibatsizliklarning ko‘payib borayotganligi,  milliy nizolarning keskinlashuvida, turli jinoyatchiliklarning ommaviylashuvida, alkogolizm, norkomaniya kabi illatlarning oshib borayotganligida tarbiya sohasidagi oqsoqliklar, bo‘shliqlarning mavjudligini anglash mumkni. Ayni tarbiyasizliklar oqibatida davlatlardagi barqarorlikka putur yetmoqda, jamiyat tanazzul tomon yetaklanyotganligini alohida ta’kidlash lozim. Zero, globallashayotgan davrda tarbiyaga e’tiborning kuchaytirilishi orqali jamiyatni tanazzuldan halos etish, millatlar o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish zarurati davrning talabidir.      

Files

20.pdf

Files (261.9 kB)

Name Size
md5:16803b6f35070c5c68c69a10702ea112
261.9 kB Preview Download