CHO'LPONNING "KECHA VA KUNDUZ" ROMANIDA QARINDOSHLIK VA MUROJAAT LEKSIKASIGA OID DIALEKTIZMLARNING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida qo‘llangan qarindoshlik va murojaat leksikasiga oid dialektizmlarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, kelinbibi, katta ona, aya/ayam kabi hududiy birliklarning leksik-semantik tarkibi, qarindoshlik munosabatlarini ifodalash imkoniyatlari hamda badiiy matndagi funksional xususiyatlari yoritiladi. Ushbu birliklarning ma’no tarkibidagi hurmat, yaqinlik, yosh, oilaviy mavqe va ijtimoiy munosabat semalari kontekstual tahlil asosida ochib beriladi. Tahlil natijalari Cho‘lpon nasrida qarindoshlik va murojaat leksikasiga oid dialektizmlar nafaqat hududiy nutq xususiyatlarini, balki oilaviy munosabatlarning ijtimoiy hamda emotsional jihatlarini ham ifodalovchi muhim badiiy-lisoniy vosita ekanini ko‘rsatadi.