Published October 30, 2026
| Version v1
Journal article
Open
NORASMIY SEKTORDA BAND BO'LGAN AHOLINI PENSIYA TIZIMIGA JALB QILISHNING ZAMONAVIY RAG'BATLANTIRISH MEXANIZMLARI
Description
O'zbekistonda norasmiy sektorda band bo'lgan aholini pensiya tizimiga jalb qilish masalalari va ularni hal etishning zamonaviy rag'batlantirish mexanizmlari tadqiq etilgan. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasining 2010–2024-yillarga oid rasmiy ma'lumotlari asosida norasmiy iqtisodiyot ulushining aholi real daromadlari darajasi, kichik tadbirkorlikdagi bandlik tarkibi hamda 2019-yilgi soliq islohoti bilan bog'liqligi eng kichik kvadratlar usuli (OLS) yordamida, Nyui–Uest standart xatoliklarini hisobga olgan holda baholangan. Olingan natijalarga ko'ra, aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 10 foizga o'sishi norasmiy iqtisodiyot ulushining o'rtacha 0,41 foiz bandga kamayishi bilan, soliq yukini pasaytirishga qaratilgan islohot esa ushbu ko'rsatkichning 2,2 foiz bandga qisqarishi bilan bog'liq ekani aniqlangan. Ekonometrik tahlil natijalari va xalqaro tajriba asosida davlat tomonidan moslashtirilgan badallar, pensiya tizimiga avtomatik qo'shilish, raqamli mikropensiya hamda o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun soddalashtirilgan to'lov mexanizmlari taklif etilgan. Shuningdek, mazkur mexanizmlarning pensiya tizimi qamroviga va davlat budjetiga ehtimoliy ta'siri turli ssenariylar asosida baholangan.
Files
GED-2026-13242.pdf
Additional details
Related works
- Is identical to
- https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/13242 (URL)
- Is part of
- 2992-8982 (ISSN)