Published October 6, 2026 | Version v1

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA INNOVATSION BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

  • 1. Namangan davlat texnika universiteti tayanch doktoranti

Description

Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarida innovatsion 
boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari kompleks 
tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqotda innovatsion boshqaruvning iqtisodiy mazmuni, uning 
kichik biznes faoliyati samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda zamonaviy boshqaruv 
yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, innovatsion boshqaruvni shakllantirishga 
ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, raqamli texnologiyalar, bilimlar boshqaruvi, 
tashkiliy innovatsiyalar va strategik rejalashtirishning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan.  
Maqolada xorijiy tajribalar va O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan 
islohotlar asosida kichik biznes subyektlarida innovatsion boshqaruv tizimini 
rivojlantirish imkoniyatlari baholangan. Tahlillar davomida iqtisodiy-statistik usullar, 
tizimli yondashuv, taqqoslash va ilmiy umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. 
Natijalar innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish korxonalarning 
raqobatbardoshligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish, mahsulot va 
xizmatlar sifatini yaxshilash, investitsion jozibadorlikni kuchaytirish hamda barqaror 
rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.  
Tadqiqot yakunida kichik biznes subyektlarida innovatsion boshqaruvni 
takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular boshqaruv 
jarayonlarini raqamlashtirish, innovatsion salohiyatni rivojlantirish, kadrlar 
kompetensiyasini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish 
hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada samarali tashkil 
etishga yo‘naltirilgan. Mazkur ilmiy natijalar kichik biznesni barqaror rivojlantirish, 
innovatsion faollikni rag‘batlantirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini 
oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. 

Files

31. Yunusov A.A. - KICHIK BIZNES SUBYEKTLARIDA INNOVATSION BOSHQARUV.pdf

Files (357.5 kB)

Additional details

Software

Repository URL
https://infocom.uz/magazine/27
Development Status
Active

References

  • 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11-sentabr "O'zbekiston - 2030 strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/ 6600413 2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.03.2024 yildagi 128 son "Oʻzbekiston respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori, https://lex.uz/uz/docs/ 6837771 3. Ibrohimov, B. (2024). O 'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarida innovatsion faoliyatning ahamiyati va o 'rni. Green Economy and Development, 1, 663988. 4. Rashidovich, I. A. (2025). Xorijiy mamlakatlar korporativ boshqaruv va innovatsion rivojlanish modellarining qiyosiy tahlili. Innovation Science and Technology, 1(10), 34-40. 5. Arislonovich, Q. S. (2026, June). Tadbirkorlik faoliyatida innovatsiya, investitsiya va raqobat uyg'unligining iqtisodiy samaradorligi. In germany international scientific conference (Vol. 1, No. 1, pp. 544-551). 6. Soy, M., & Sunnatov, Q. (2025, November). Kichik va o'rta biznesning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish mexanizmini takomillashtirish. In Scientific practical conference (Vol. 1, No. 1, pp. 247-251). 7. Deyassa, K. (2023). Dynamic capabilities and innovation performance of small and medium enterprises. Management and Marketing, 18(4), 642–659 8. Ćirović, D., Dabić, M., et al. (2025). Knowledge management, research and development, and innovation performance in SMEs. Journal of Small Business and Enterprise Development, 32(2), 215–236. https://doi.org/10.1007/s11846-025-00893 y 9. Chabbouh, H., & Boujelbene, Y. (2023). Open innovation, absorptive capacity and innovation performance in small and medium-sized enterprises. Business Information Review, 40(2), 79–94. https://doi.org/10.1177/02663821231101325 10. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi (Stat.uz) 11. https://www.oecd.org/en/publications/reports.html?orderBy=mostRelevant &page=0&facetTags=oecd-languages%3Aen 12. https://openknowledge.worldbank.org/home 13. Baxtiyor o'g'li, I. B. (2024). O'ZBEKISTIONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA INNOVATSIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARALARI. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 4(11), 213 219.