Published October 1, 2026 | Version v1

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK YONDASHUV VA INNOVATSION O'QITISH METODLARI

Description

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda kommunikativ- pragmatik yondashuvning nazariy asoslari hamda uning innovatsion o'qitish metodlari bilan o'zaro bog'liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda til birliklarining faqat strukturaviy jihatlari emas, balki ularning nutq jarayonidagi funksional, kommunikativ va pragmatik xususiyatlari ham muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi. Shuningdek, ta'lim jarayonida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda interaktiv metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va muammoli o'qitish usullaridan samarali foydalanish masalalari yoritiladi. Maqolada kommunikativ-pragmatik yondashuv asosida tashkil etilgan darslarning samaradorligi, o'quvchilarning nutqiy faolligini oshirish hamda mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishdagi o'rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari til o'qitish metodikasini takomillashtirish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega.

Notes

Jild 1 Nomeri 1 (2026). Asl manba: https://index.sirdaryopmm.uz/pedagogik-mahorat/article/view/59

Files

maqola-59.pdf

Files (347.9 kB)

Name Size
md5:4bb048730f65f0f1169067ad131342a5
347.9 kB Preview Download

Additional details

Related works