RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK BIZNES RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Description
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Raqamli texnologiyalarning tadbirakorlik faoliyatiga integratsiyalashuvi, elektron tijorat, raqamli marketing, elektron to‘lovlar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishning biznes samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, kichik biznes subyektlarining raqamli transformatsiya jarayonida duch kelayotgan moliyaviy, texnologik, tashkiliy va kadrlar bilan bog‘liq muammolari tahlil qilinadi.