SENTRIFUGA ROTORINING NOMUVOZANATLIGI VA TEBRANISHLARINI KAMAYTIRISH ORQALI USKUNANING ISHLASH ISHONCHLILIGINI OSHIRISH
- 1. Andijon davlat texnika instituti "Biotibbiyot muhandisligi" yo'nalishi 4-kurs talabasi
- 2. Andijon davlat texnika instituti "Metrologiya va yengil sanoat" kafedrasi t.f.f.d.
Description
Mazkur maqolada sentrifuga rotorining nomuvozanatligi, mexanik tebranishlarning yuzaga kelish sabablari va ularning uskuna ishlash ishonchliligiga ta’siri tahlil qilinadi. Rotor massasining aylanish o‘qiga nisbatan notekis taqsimlanishi natijasida paydo bo‘ladigan markazdan qochma kuchlar, podshipniklarga tushadigan dinamik yuklama hamda mexanik qismlarning tezlashtirilgan yeyilish jarayonlari yoritilgan. Tebranishlarni kamaytirishda rotorni statik va dinamik muvozanatlash, vibratsiya parametrlarini o‘lchash, texnik holatni muntazam kuzatish va profilaktik xizmat ko‘rsatish usullarining ahamiyati asoslab berilgan. Maqolada aylanish tezligi va nomuvozanatlik miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik matematik ifodalar yordamida hisoblangan, shuningdek, rotorni muvozanatlash samaradorligi bo‘yicha e’lon qilingan tajriba natijalari qiyosiy tahlil qilingan.