MARK TVEN VA MUQIMIY HAJVIYOTIDA IJTIMOIY TANQIDNING BILVOSITA VA BEVOSITA IFODASI
Authors/Creators
Description
Maqolada Mark Tven va Muqimiy ijodida ijtimoiy tanqidning badiiy ifodalanish yo‘llari qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilingan. Tvenning “Geklberri Finnning sarguzashtlari” romanidagi vaziyatli kinoya, parodiya, subtekst va bola hikoyachisi pozitsiyasi Muqimiyning “Tanobchilar”, “Saylov”, “Hapalak” va “Hayron qildi loy” kabi hajviy asarlaridagi ochiq muallif bahosi, mubolag‘a, kontrast hamda xalqona nutq bilan qiyoslanadi. Tahlil har ikki ijodkor jamiyatdagi riyokorlik va adolatsizlikni fosh etishini, biroq tanqidni janr va milliy adabiy an’ana imkoniyatlariga ko‘ra turlicha ifodalashini ko‘rsatadi. O‘xshashliklar bevosita adabiy ta’sir sifatida emas, tipologik mushtaraklik tarzida talqin qilinadi.