Published October 22, 2026 | Version v1

TARIXI MUHAMMADIY ASARI HAQIDA

Description

Mazkur maqolada islom tarixiga oid muhim asarlardan biri bo‘lgan “Tarixi Muhammadiy” asarining mazmun-mohiyati, yaratilish tarixi, manbaviy ahamiyati hamda unda Muhammad (s.a.v.)ning hayoti va faoliyatining yoritilishi tahlil etiladi. Asarda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning tavalludlari, nasl-nasablari, payg‘ambarlik faoliyati, Makka va Madina davridagi hayotlari, islom dinining shakllanishi va tarqalishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar izchil bayon qilinganligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, asarning diniy-ma’rifiy va tarixiy ahamiyati, o‘zbek kitobxonligi va xalqimizning islomiy-tarixiy bilimlarini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tarixi Muhammadiy” nafaqat diniy-ma’rifiy asar, balki o‘z davrining tarixiy tasavvurlarini aks ettiruvchi muhim yozma manba sifatida ham alohida ahamiyatga ega. Maqolada asarning yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, tarixiy xotirani mustahkamlash va milliy-diniy merosni o‘rganishdagi ahamiyati ham tahlil qilinadi.

Files

G‘ulomova Zahro Davlatjon qizi.pdf

Files (290.5 kB)

Name Size
md5:39e2ae3f83cbf19efa051de0e979eac9
290.5 kB Preview Download