IJTIMOIY TARMOQLARDA RAQAMLI KONTENTDAN FOYDALANISH VA MUALLIFLIK HUQUQI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI
Authors/Creators
- 1. Intellektual mulk markazi davlat muassasasi Buxoro viloyati filiali bosh maslahatchisi
Description
Maqolada ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, YouTube, TikTok, Telegram, Facebook va boshqalar) muhitida raqamli kontentdan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan mualliflik-huquqiy munosabatlar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan foydalanuvchi yaratgan kontent tushunchasi, platformalarning javobgarlik rejimi hamda huquq buzilishining tipik ko‘rinishlari — repost, remiks, mem, “cover” ijro va kontentni ruxsatsiz qayta joylashtirish — ochib berilgan. Milliy qonunchilik holati O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni asosida tavsiflanib, Yevropa Ittifoqining Raqamli yagona bozorda mualliflik huquqi to‘g‘risidagi direktivasi (2019/790) 17-moddasi va AQShning Raqamli ming yillik mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonuni (DMCA) 512-bo‘limi bilan qiyosiy-huquqiy jihatdan solishtiriladi. Tadqiqot natijasida milliy qonunchilikdagi bo‘shliqlar aniqlanib, platformalarning javobgarligini belgilash, “xabar berish va olib tashlash” (notice-and-takedown) tartibotini joriy etish hamda foydalanuvchilar huquqlarining kafolatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Files
619-624c.pdf
Additional details
References
- O'zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi Qonuni. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. URL: https://lex.uz/acts/-34642
- O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism). – Toshkent.
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi "Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-221-son qarori.
- Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to'g'risidagi Bern konvensiyasi (1886, 1971-yil tahriri). – WIPO.
- Butunjahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo bilan bog'liq jihatlari to'g'risidagi bitimi (TRIPS, 1994).