Published October 19, 2026 | Version v1

O'ZBEKISTON RANGTASVIRIDA RAQS HARAKATINING BADIIY-PLASTIK TALQINI: AN'ANA VA ZAMONAVIYLIK MASALALARI

Description

Maqolada o‘zbek rangtasvirida raqs harakatining badiiy-plastik ifodalanishi an’ana va zamonaviylik munosabati doirasida o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy materiali Chingiz Ahmarovning “Toshkent-Farg‘ona raqsi” va Bahodir Jalolovning “Raqsning tug‘ilishi” asarlariga oid ochiq manbalar hamda san’atshunoslik tavsiflaridan iborat. Formal-kompozitsion, qiyosiy va ikonografik yondashuvlar asosida tana holati, chiziq yo‘nalishi, ritm, rang va tasviriy makonning harakat taassurotini shakllantirishdagi vazifalari tahlil qilinadi. Raqsning tasviriy talqini ijro etilgan harakatni qayd etishdan tashqari, uning davomiyligi va hissiy xarakterini kompozitsiya orqali qayta tashkil etishni ham qamrab olishi asoslanadi. An’anaviylik mahalliy raqs uslublari, miniatyura estetikasi va dekorativ ritm bilan, zamonaviylik esa ularning mualliflik konsepsiyasi asosida o‘zgarishi bilan bog‘lanadi. Natijada raqs tasvirlarini tahlil qilish uchun kuzatiladigan belgilar va talqin darajalarini ajratuvchi metodik mezonlar taklif etiladi.

Files

28.pdf

Files (263.7 kB)

Name Size
md5:2099dec1fa43319950b8287ccb23f40c
263.7 kB Preview Download