Published October 19, 2026
| Version v1
Journal article
Open
TARMOQLARARO DIVERSIFIKATSIYA SHAROITIDA KORXONALARNING STRATEGIK BARQARORLIGINI TA'MINLASH VA XATARLARNI BOSHQARISH USLUBIYOTI
Authors/Creators
- 1. Namangan davlat texnika universiteti, Biznesni boshqarish fakulteti dekani Menejment kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor
Description
Maqolada tarmoqlararo diversifikatsiya sharoitida korxonalarning strategik barqarorligini ta'minlash va xatarlarni boshqarishning uslubiy asoslari ishlab chiqildi. Muallif I. Ansoff, R. Rumelt va K. Palepu yondashuvlarini korporativ xatarlarni boshqarish standartlari bilan uyg'unlashtirib, diversifikatsiya turlarini xatar profillari bo'yicha tasnifladi. Palepu entropiya indeksi O'zbekiston ishlab chiqarish sanoatining 24 ta tarmog'i ma'lumotlari asosida hisoblandi. Natijada indeks 2019-yildagi 2,511 dan 2024-yilda 2,529 gacha oshgani, uning nisbiy darajasi esa 0,796 ga yetgani aniqlandi. Entropiyaning tarmoqlararo tarkibiy qismi 1,855 dan 1,871 gacha oshib, sanoat tuzilmasida o'zaro bog'liqligi nisbatan past bo'lgan tarmoqlar o'rtasidagi taqsimotning mutanosibligi kuchayganini ko'rsatdi. Guruh ichidagi entropiya esa 0,656–0,659 oralig'ida barqaror saqlandi. Ehtimollik va ta'sir ko'paytmasiga asoslangan besh darajali xatarlar matritsasi hamda xatarlarni aniqlash, baholash, javob choralarini belgilash va monitoring qilish bosqichlaridan iborat yopiq boshqaruv sikli taklif etildi. Olingan natijalar asosida diversifikatsiyalashgan korxonalarda xatarlar reyestrini yuritish va portfel barqarorligini baholash bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Files
GED-2026-13085.pdf
Additional details
Related works
- Is identical to
- https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/13085 (URL)
- Is part of
- 2992-8982 (ISSN)