O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARINI TADQIQ ETISHDA TARIXIY-QIYOSIY METODNING AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Maqolada o‘zbek xalq cholg‘ularini tadqiq etishda tarixiy-qiyosiy metodning nazariy va amaliy ahamiyati yoritilgan. Yozma manbalar (Forobiy, Ibn Sino, Darvesh Ali Changiy risolalari), arxeologik-ikonografik yodgorliklar va zamonaviy organologik ma’lumotlar asosida cholg‘ularni diaxron va sinxron qiyoslash tartibi taklif etilgan. Tanbur, dutor, rubob, g‘ijjak, chang, nay, surnay, karnay va doiraning tarixiy izlari hamda areal o‘xshashlari tahlil qilinib, qiyoslashning ko‘p mezonli moslik tamoyili asoslangan. Tarixiy-qiyosiy metod cholg‘ular kelib chiqishi, nomlanishining o‘zgarishi va konstruktiv evolyutsiyasi haqida asosli xulosalar chiqarishga imkon berishi ko‘rsatilgan.