Published October 20, 2026 | Version v1

Usmon Azim idiostili evolyutsiyasini tadqiq etish bosqichlari

  • 1. ROR icon Samarkand State University named after Sharof Rashidov

Description

Annotatsiya: Ijodkor idiostili badiiy matnda muallifning individual til shaxsini namoyon etuvchi murakkab lingvopoetik hodisa bo‘lib, uning leksik tanlovi, grammatik qurilmalari, sintaktik tashkil etilishi hamda obraz yaratish strategiyalarining yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Idiostil muallifning alohida til birliklaridan foydalanish xususiyati sifatida emas, balki turli lingvistik sathlarda muntazam takrorlanadigan va statistik jihatdan kuzatiladigan individual uslubiy qonuniyatlar majmuyi sifatida talqin etiladi. Shu sababli idiostilni tadqiq etishda lingvistik kuzatishlarni korpusga asoslangan kvantitativ tahlil usullari bilan uyg‘unlashtirish muallif uslubining obyektiv tavsifini yaratishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar: Usmon Azim, idiostil, idiostil evolyutsiyasi, mualliflik korpusi, statistik tahlil, lingvopoetik talqin, diaxron segmentatsiya, lingvistik ko‘rsatkichlar, davrlararo qiyosiy tahlil, leksik tarkib, semantik maydon, sintaktik modellar, lingvopoetik vositalar, evolyutsion model. 

Files

16. Умирова С - Халкаро конф-2.pdf

Files (919.9 kB)

Name Size
md5:599dbd675ba86dea722167022d15786e
919.9 kB Preview Download