Published September 5, 2026 | Version v1

ICHKI TURIZM XIZMATLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHDA INNOVATSION VA RAQAMLI MEXANIZMLARINI JORIY ETISH

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali Iqtisodiyot va turizm kafedrasi katta o'qituvchisi

Description

Maqolada ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishda raqamli infratuzilma, platformalar, ma’lumotlar tahlili va intellektual xizmatlarning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Raqamli diversifikatsiya xizmatlar tarkibini kengaytirish, iste’molchi ehtiyojlariga moslashtirish va hududiy taklifni bozorga olib chiqish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Taklif etilgan to‘rt qatlamli 4D modeli asosida texnologik imkoniyatlarni iqtisodiy natijalarga aylantirish shartlari ochib beriladi. Platformali, analitik, intellektual, immersiv va tranzaksion mexanizmlarning funksiyalari izohlanib, ularni bosqichma-bosqich joriy etish yondashuvi taklif qilinadi. Raqamli diversifikatsiya indeksining mazmuni va cheklovlari aniqlashtiriladi. Raqamli faollikni xizmatlar tarkibining haqiqiy xilma-xilligi bilan birgalikda baholash, kichik tadbirkorlarning ishtirokini ta’minlash va xarajatlarni hisobga olish samarali boshqaruvning zarur shartlari sifatida asoslanadi.

Files

ICHKI TURIZM XIZMATLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHDA INNOVATSION VA RAQAMLI MEXANIZMLARINI JORIY ETISH.pdf