BIOSINTETIK POLIMER QADOQLASH MATERIALLARINI OLISH – POLIMER CHIQINDILARI MUAMMOSINI HAL QILISH
Description
Hozirgi zamon ekologik talablariga javoban, biologik parchalanadigan polimer materiallarni ishlab chiqishga yangicha ilmiy yondashuvlar shakllanmoqda. Ushbu maqolada biologik parchalanadigan polimerlar (BP) yaratilishining nazariy asoslari, ularning tarkibiy va molekulyar xususiyatlari, parchalanish mexanizmlari, shuningdek, tabiiy va sintetik manbalar asosida yaratiladigan biosintetik polimer kompozitsiyalar ishlab chiqish yo‘nalishlari yoritilgan. Materialda, ayniqsa, mikrochiqindilar asosida nanotexnologiyalar vositasida samarali polimer kompozitsiyalar yaratish va ularning fizik-mexanik va biologik xossalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muammolari tahlil etilgan.