SUV FONDI YERLARIDA JOYLASHGAN BINO VA INSHOOTLARDAN FOYDALANISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada suv fondi yerlarida joylashgan bino va inshootlardan foydalanishning
iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Suv xo‘jaligi obyektlariga
biriktirilgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish, kadastr ma’lumotlarining
ishonchliligini ta’minlash, yer maydonining funksional vazifaga muvofiqligini baholash
va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni takomillashtirish zarurati asoslangan. Tadqiqot doirasida yer
uchastkalaridan foydalanish samaradorligini baholash uchun ko‘rsatkichlar tizimi va
bosqichma-bosqich metodik yondashuv taklif etilgan. Shuningdek, yer va bino
inshootlardan foydalanish holatini tahlil qilish, samarasiz foydalanish ehtimoli mavjud
maydonlarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini asoslash yo‘llari ko‘rib chiqilgan.