Published October 14, 2026 | Version v1

Qoraqalpog'iston respublikasi sharoitida lycium barbarum, lycium chinense va lycium ruthenicum turlarini in vitro sharoitida mikroko'paytirish texnologiyalarining qiyosiy tahlili

Description

Lycium turkumi vakillari, xususan L. barbarum, L. chinense va L. ruthenicum 
dorivor, oziq-ovqat va ekologik jihatdan istiqbolli o‘simliklar hisoblanadi. Ularning 
mevalari polisaxaridlar, fenolik birikmalar, vitaminlar, aminokislotalar, karotinoidlar va 
boshqa biologik faol moddalar bilan boy bo‘lib, ayrim turlari qurg‘oqchilik va 
sho‘rlanishga yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi. An’anaviy urug‘ va qalamcha orqali 
ko‘paytirishda unuvchanlikning notekisligi, ildiz hosil bo‘lishining sustligi hamda 
genotiplararo farqlar sababli in vitro mikroko‘paytirish usullari katta amaliy ahamiyatga 
ega. Ushbu maqolada uch tur uchun eksplant tanlash, sterilizatsiya, oziqa muhiti, 
sitokinin va auksinlar ta’siri, kallus va organogenez, ildizlantirish hamda akklimatizatsiya 
bosqichlari birlashtirilib, ilmiy adabiyotlar asosida qiyosiy tahlil qilindi. Tahlil 
natijalariga ko‘ra, MS muhiti uchala turda ham asosiy bazal muhit sifatida samarali; biroq 
optimal o‘sish regulyatorlari va ularning konsentratsiyasi tur hamda genotipga keskin 
bog‘liq. L. chinense uchun 0,5 mg/L TDZ yoki BAP past konsentratsiyalarda yuqori 
organogenez ko‘rsatkichlarini bergan, L. ruthenicum da esa barg va poya eksplanti 
asosida bir necha samarali regeneratsiya sxemalari ishlab chiqilgan. L. barbarum bo‘yicha 
ayrim manbalarda juda yuqori mikromolyar PGR konsentratsiyalari qayd etilgan bo‘lib, 
ularni mahalliy genotiplarga ko‘chirishdan oldin qayta tekshirish zarur. Qiyosiy 
yondashuv Qoraqalpog‘iston kabi qurg‘oqchil va sho‘rlanishga moyil hududlarda 
sog‘lom ko‘chat materialini tez ko‘paytirish, introduksiya va genofondni saqlash 
bo‘yicha keyingi tajribalar uchun metodik asos bo‘la oladi.

Files

V.S.pdf

Files (764.0 kB)

Name Size
md5:8ba9ff602dad6c265ec3c29a34b54b84
764.0 kB Preview Download