OLIY TA'LIMNINI MOLIYALASHTIRISH MODELLARI VA ULARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur tadqiqotda oliy ta’limni moliyalashtirishning asosiy modellari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari yoritilgan. Davlat budjeti, grantlar, kontrakt to‘lovlari, ta’lim kreditlari, xususiy sektor investitsiyalari hamda ilmiy tadqiqotlar asosida moliyalashtirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim vaucherlari, daromadga bog‘langan kontrakt to‘lovlari, natijaga asoslangan moliyalashtirish va ijtimoiy ta’sir investitsiyalari kabi innovatsion modellar ko‘rib chiqilgan. Oliy ta’limni moliyalashtirishda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy tenglikni mustahkamlash va ta’lim samaradorligini oshirishda turli moliyalashtirish modellarini uyg‘unlashtirishning ahamiyati asoslangan.