Published October 14, 2026
| Version v-1
ZIRK(BERBERIS VULGARIS L) MEVASI EKSTRAKTI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDOINI YUSSX USULIDA ANIQLASH
Description
Ushbu maqolada Zirk(Berberis vulgaris L.) mevasi ekstrakti tarkibidagi
suvda eruvchan vitaminlar miqdori o‘rganildi, tadqiqotda yuqori samarali suyuqlik
xromatografiyasi (YuSSX, HPLC) usuli qo‘llanildi, va uning xalq tabobatidagi ahamiyati
yoritildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, ekstrakt tarkibida askorbin kislotasi hamda B guruhi
vitaminlari aniqlanib, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari belgilandi. Olingan natijalar zirk
mevalarining biologik faol moddalar manbai sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatadi va ularni
farmatsevtika hamda oziq-ovqat sanoatida qo‘llash imkoniyatlarini asoslaydi.