Published October 14, 2026 | Version v1

SUN'IY INTELLEKT DAVRIDA BOSHQARUV KONSALTINGINING TRANSFORMATSIYASI: JAHON AMALIYOTI TAHLILI

Description

Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal tarqalishi sanoat 
tashkilotlari faoliyatini, shu bilan birga ularga intellektual xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv 
konsaltingini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Jahon konsalting bozori o‘sishda davom 
etayotgan bo‘lsa-da, uning sur’ati sezilarli darajada pasaydi. Gartner ma’lumotlariga ko‘ra, 
doimiy valyuta kursida hisoblangan o‘sish 2022-yildagi 20,1 % dan 2023-yilda 6,7 % ga, 
2024-yilda esa 4,8 % ga tushgan, bozor hajmi 397 mlrd dollarni tashkil etgan [1; 2]. Shu 
davrda o‘sish manbalari ham o‘zgardi: 2023-yilda talab asosan raqamli biznesga e’tibor 
bilan izohlangan bo‘lsa, 2024-yilda an’anaviy va generativ sun’iy intellekt xizmatlari hamda 
kiberxavfsizlik bozorning yetakchi drayverlariga aylangan. 

Files

Ermamatova Shohsanam Ermamat qizi.pdf

Files (456.6 kB)

Name Size
md5:6c846ad0549ed5c9bfafa5f3bd13328f
456.6 kB Preview Download