Published October 14, 2026 | Version v1

QASHQADARYO VILOYATIDA YER DEGRADATSIYASINI MASOFADAN ZONDLASH VA GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BAHOLASH USULLARI

Description

 Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati hududida yer degradatsiyasi va 
cho‘llanish jarayonlarini masofadan zondlash (MZ) hamda geografik axborot tizimlari 
(GIS) texnologiyalari asosida baholashning ilmiy-metodik yondashuvlari tahlil qilingan. 
Tadqiqotda Landsat va Sentinel sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanib, o‘simlik 
qoplami, tuproqning ochiqligi, namlik holati, yer yuzasi harorati, sho‘rlanish va yer 
qoplamining o‘zgarishini tavsiflovchi masofaviy indikatorlardan foydalanish imkoniyatlari 
asoslangan. NDVI, SAVI, BSI, NDWI va LST kabi indikatorlarning degradatsiyaning turli 
komponentlarini aniqlashdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. GIS muhitida ushbu indikatorlarni 
hududiy birlashtirish, ko‘p mezonli ekologik baholash va degradatsiya xavfi yuqori bo‘lgan 
hududlarni ajratish metodikasi taklif etilgan.     Shuningdek, UNCCD tomonidan 
qo‘llaniladigan yer qoplami, yer unumdorligi va tuproq organik uglerodi indikatorlarini 
integratsiyalash tamoyillari Qashqadaryo sharoitiga moslashtirish imkoniyati tahlil qilingan. 
Tadqiqot natijalari viloyat miqyosida yer degradatsiyasini ko‘p yillik monitoring qilish, 
degradatsiya o‘choqlarini aniqlash va ekologik xavf xaritalarini yaratish uchun metodik asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 

Files

Nazarov Maqsud Geldiyorovich .pdf

Files (590.7 kB)

Name Size
md5:06aa5164936d0b52d2287ccd77cf44a7
590.7 kB Preview Download