MULOQOT XULQIDA DISKURSIV STRATEGIYALAR VA KONFLIKTLI VAZIYATLARNI BARTARAF ETISHDA LINGVISTIK TAKTIKALAR
Description
Mazkur maqolada muloqot xulqida diskursiv strategiyalarning o‘rni va konfliktli vaziyatlarni yumshatish hamda bartaraf etishda lingvistik taktikalarning funksional-pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori kommunikativ niyat, nutqiy vaziyat, adresant va adresat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabat, muloyimlik strategiyalari, kelishuvga yo‘naltirilgan nutqiy vositalar, semantik yumshatish, bilvosita ifoda, izoh, uzr, murosa va qayta formulalash kabi taktikalarga qaratilgan. Tadqiqotda pragmalingvistik, diskursiv, kontekstual va tavsifiy-tahliliy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, konfliktli muloqotda til birliklarining tanlanishi tasodifiy emas, balki kommunikativ maqsad, ijtimoiy masofa va yuzaga kelgan ziddiyat darajasiga bog‘liq holda amalga oshadi. Lingvistik taktikalar muloqot ishtirokchilarining “kommunikativ yuzi”ni saqlash, keskinlikni pasaytirish, pozitsiyalarni yaqinlashtirish va dialogni konstruktiv yo‘nalishga qaytarishga xizmat qiladi. O‘zbek muloqot madaniyatida hurmat, bilvositalik, ehtiyotkorlik, yumshatuvchi birliklar va murosaga moyillik konfliktni boshqarishning muhim lingvopragmatik vositalari sifatida namoyon bo‘ladi.
Kalit so‘zlar: diskurs, kommunikativ strategiya, lingvistik taktika, konfliktli muloqot, pragmalingvistika, nutqiy xulq, muloyimlik, murosa, bilvositalik, nutqiy akt.