Published October 14, 2026 | Version v1

SUN'IY INTELLEKT TRANSFORMATSIYASI SHAROITIDA TA'LIM VA TARBIYA JARAYONIDA EMOTSIONAL KAPITALNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Mazkur maqolada sun’iy intellekt transformatsiyasi sharoitida ta’lim va tarbiya jarayonida emotsional kapitalni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional kapital shaxsning hissiy, ijtimoiy va madaniy resurslarini uyg‘unlashtiruvchi psixopedagogik kategoriya sifatida talqin qilinadi hamda uning tarkibiy komponentlari - emotsional intellekt, empatiya, psixologik barqarorlik va madaniy sezgirlikning raqamli muhitdagi o‘zaro ta’siri ochib beriladi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga ta’siri, ularning emotsional barqarorlik va insoniy munosabatlarga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy jihatlari aniqlanadi. Maqolada diagnostika, rivojlantirish, monitoring va refleksiya bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi emotsional kapitalni rivojlantirishning integrativ metodik modeli taklif etiladi. Taklif etilgan yondashuv raqamli transformatsiya sharoitida inson omilini saqlab qolish, empatiya, kommunikativ madaniyat va psixologik farovonlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Files

Axmedova Gulnoza Muzaffar qizi.pdf

Files (319.7 kB)

Name Size
md5:00db09a3b5f610c2a19860929932b6fd
319.7 kB Preview Download