Published August 12, 2026
| Version v1
Journal article
Open
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT SOHASIDA TOVAR BELGILARINING FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Authors/Creators
Description
Mazkur makolada O'zbekiston Respublikasining tijorat sohasida tovar belgilarining fuqarolik-huquqiy maqomi va ulardan foydalanish mexanizmlari tahlil qilingan. Raqamlashtirish sharoitida tovar belgilarini ro'yxatdan o'tkazish va muhofaza qilishning dolzarbligi, kontrafakt mahsulotlar savdosiga qarshi kurashish hamda intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga (Parij konvensiyasi, TRIPS bitimi, Singapur shartnomasi) muvofiqlashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, tovar belgilaridan birgalikda foydalanish bitimlari (co-existence agreements), litsenziya shartnomalari bo'yicha sifat nazorati, majburiy litsenziya berish tartibi hamda elektron tijoratda (marketpleyslarda) operatorlarning javobgarligi masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot yakunida O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va sohaga oid qonunlarga kiritilishi lozim bo'lgan amaliy va normativ-huquqiy takliflar ishlab chiqilgan.
Files
GED-2026-12847.pdf
Additional details
Related works
- Is identical to
- https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz/journal/index.php/GED/article/view/12847 (URL)
- Is part of
- 2992-8982 (ISSN)