Published October 13, 2026 | Version v1

OLIY TA'LIM BOSHQARUVIDA SHARQ VA G'ARB YONDASHUVLARI INTEGRATSIYASI ASOSIDA KOMMUNIKATIV KREATIVLIK MODELI

Description

Maqolada oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining kommunikativ kreativligini boshqarishga doir Sharq va G‘arb ilmiy an’analari qiyosiy tahlil qilinib, ularni milliy oliy ta’lim kontekstida uyg‘unlashtiruvchi konseptual model taklif etiladi. G‘arb yondashuvida individual tashabbus, transformatsion liderlik, natijadorlik va ochiq qayta aloqa ustuvor bo‘lsa, Sharq tafakkurida adolat, maslahat, jamoaviy uyg‘unlik va ma’naviy mas’uliyat markaziy o‘rin egallashi aniqlandi. Qiyosiy-hermenevtik va tizimli tahlil asosida mas’uliyatli tashabbus, dialogik tartib, ma’noli innovatsiya, ilhomlantiruvchi mediatorlik hamda ikki tomonlama hisobdorlikdan iborat besh komponentli integrativ model ishlab chiqildi. Model oliy ta’limda vertikal vakolat bilan gorizontal hamkorlikni muvozanatlashtirish, kreativ g‘oyalarni institutsional maqsadlarga bog‘lash va rahbarlik samaradorligini natija hamda ijtimoiy mas’uliyat mezonlari orqali baholashga xizmat qiladi.

Files

5(91).pdf

Files (288.2 kB)

Name Size
md5:26b401072375803304a853ff4ced02db
288.2 kB Preview Download