Published September 25, 2026 | Version v1

XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGIDA ETNIK O'ZLIKNI ANGLASH MASALALARI XUSUSIDA

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, O'zbek tili va ijtimoiy fanlar kafedrasi assistenti
  • 2. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Description

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Buxoro amirligi aholisi etnik tarkibi, hududiy joylashuvi hamda etnik o'zlikni anglash xususiyatlari tarixiy-etnografik jihatdan tahlil etilgan. Unda amirlik hududida o'zbek, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, qirg'iz va boshqa etnik guruhlarning joylashuvi, ularning til, diniy mansublik, xo'jalik faoliyati va ijtimoiy-madaniy xususiyatlari yoritilgan. Ayniqsa, Buxoro shahri aholisi misolida "o'zbek", "tojik", "buxorolik", "musulmon", "forsiy", "eroniy" kabi etnik va ijtimoiy identifikatsiya tushunchalarining mazmuni ochib berilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlarda "turklashuv" va "turkiylashuv" tushunchalarining tarixiy mazmuni tahlil qilinib, mazkur jarayonlarni faqat mahalliy aholining boshqa etnos tomonidan majburiy ravishda turklashtirilishi sifatida talqin qilish biryoqlama ekanligi asoslangan. Maqolada Buxoro amirligi hududida etnik o'zlikning shakllanishida uzoq davom etgan etnomadaniy jarayonlar, turli etnik guruhlarning o'zaro aralashuvi, diniy birlik va umumiy siyosiy-madaniy makonning muhim omil bo'lganligi ko'rsatib berilgan.

Files

XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGIDA ETNIK O‘ZLIKNI ANGLASH MASALALARI XUSUSIDA.pdf