SINERGETIK RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING BO'LAJAK TURIZM MUTAXASSISLARINING KASBIY-KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Description
Mazkur maqolada kasbiy ta'lim tizimida bo'lajak turizm mutaxassislarining kasbiy-kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda sinergetik raqamli texnologiyalardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari ilmiynazariy jihatdan tahlil qilingan. Raqamli transformatsiya sharoitida turizm mutaxassisining kasbiy faoliyatiga qo'yilayotgan zamonaviy talablar, kasbiy kommunikatsiyaning o'ziga xos xususiyatlari hamda raqamli vositalarni ta'lim jarayoniga integratsiyalash zarurati asoslangan. Sinergetik yondashuvning ochiqlik, integrativlik, variativlik, moslashuvchanlik, o'zini o'zi tashkil etish, interaktivlik va refleksivlik tamoyillarining pedagogik ahamiyati yoritilgan. Sun'iy intellekt, virtual va kengaytirilgan reallik, mobil ta'lim, AI-chatbotlar, virtual til laboratoriyasi, simulyatsiya, LMS, multimodal hamda istiqbolli golografik-adaptiv texnologiyalarning kasbiy-kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi funksional imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, raqamli vositalarni yagona kasbiy-kommunikativ maqsad asosida o'zaro integratsiyalash orqali "kasbiy faoliyat – diagnostika – qayta aloqa – refleksiya – adaptiv korreksiya – yangi faoliyat" siklini tashkil etishning didaktik ahamiyati asoslangan.