VATAN VA YURT KONSEPTINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI: SERGEY YESENIN VA ERKIN VOHIDOV SHE'RIYATI MISOLIDA
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali
Description
Ushbu maqola Sergey Yesenin va Erkin Vohidov she'riyatida "Vatan" va "yurt" konseptlarining lingvomadaniy va badiiy ifodalanishini qiyosiytipologik jihatdan tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda konsept nazariyasining zamonaviy yondashuvlari asosida ikki shoir ijodida Vatan obrazining shakllanishi, uning milliy o'zlikni anglashdagi o'rni va badiiy vositalar orqali ifodalanish xususiyatlari ochib beriladi. Maqolada S.Yesenin she'riyatida Vatan konseptining "kichik vatan"dan "buyuk vatan"gacha bo'lgan evolyutsiyasi, E.Vohidov ijodida esa milliy uyg'onish, til, tabiat va tarixiy xotira orqali Vatan obrazining shakllanishi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ikki xalq she'riyatidagi Vatan konseptining universal va milliy-o'ziga xos jihatlarini aniqlashga xizmat qiladi.