Published September 25, 2026 | Version v1

O'SMIRLARDA ANTIBIOTIKLARDAN OQILONA FOYDALANISH HAQIDAGI KROSS-MADANIY TASAVVURLAR: PSIXOLOGIK OMILLAR VA SOG'LIQ SAVODXONLIGI

  • 1. Osiyo xalqaro universiteti

Description

Mazkur tezisda o'smirlarning antibiotiklardan oqilona foydalanish haqidagi tasavvurlari, ushbu tasavvurlarni shakllantiruvchi psixologik, ijtimoiy va madaniy omillar hamda sog'liq savodxonligining mazkur jarayondagi o'rni tahlil qilinadi. Antibiotiklardan noto'g'ri foydalanish bugungi kunda nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy-psixologik muammo sifatida ham namoyon bo'lmoqda. Ayniqsa, o'smirlik davrida sog'liq bilan bog'liq mustaqil qarorlarning shakllanishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan tibbiy axborot olishning kengayishi, oila va tengdoshlar ta'sirining kuchayishi antibiotiklardan foydalanish haqidagi qarashlarga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin. Tadqiqotda kross-madaniy yondashuv asosida turli madaniy muhitlarda yashovchi o'smirlarning antibiotiklar haqidagi bilimlari, munosabatlari, xavfni idrok etishi va xulq-atvoridagi farqlarni o'rganish masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, sog'liq savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan ta'limiy va psixologik yondashuvlar taklif etiladi.

Files

O‘SMIRLARDA ANTIBIOTIKLARDAN OQILONA FOYDALANISH HAQIDAGI KROSS-MADANIY TASAVVURLAR PSIXOLOGIK OMILLAR VA SOG‘LIQ SAVODXONLIGI.pdf