Published September 25, 2026 | Version v1

SENTINEL-2 RAQAMLI TASVIRLARI ASOSIDA SUG'ORILADIGAN QISHLOQ XO'JALIGI YERLARINING SHO'RLANISH DARAJASINI NORAVSHAN BAHOLASH

  • 1. O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali assistenti

Description

Mazkur tadqiqot sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining sho'rlanish darajasini raqamli masofadan zondlash ma'lumotlari asosida baholash masalasiga bag'ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi raqamli tasvirlarda mavjud spektral axborot va sho'rlanish bilan bog'liq masofaviy zondlash ko'rsatkichlarini noravshan to'plamlar nazariyasi asosida qayta ishlash orqali tuproq sho'rlanish darajasini miqdoriy baholashning matematik modelini ishlab chiqishdan iborat. Taklif etilayotgan yondashuvda sho'rlanishning tabiiy va o'tish xususiyatiga ega chegaralarini hisobga olish uchun membership funksiyalaridan foydalanish, turli spektral ko'rsatkichlarni noravshan baholash va ularni yagona integral sho'rlanish ko'rsatkichiga agregatsiyalash masalalari ko'rib chiqiladi. Model asosida sho'rlanish darajalarini fazoviy aniqlash va raqamli xaritalash algoritmini shakllantirish nazarda tutiladi. Tadqiqot natijalari sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining sho'rlanish holatini tezkor va fazoviy differensiallangan tarzda baholash, mavjud dala tadqiqotlarini masofadan zondlash ma'lumotlari bilan to'ldirish hamda sho'rlanish monitoringini avtomatlashtirish uchun ilmiy-metodik asos yaratishga yo'naltirilgan.

Files

SENTINEL-2 RAQAMLI TASVIRLARI ASOSIDA SUG‘ORILADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINING SHO‘RLANISH DARAJASINI NORAVSHAN BAHOLASH.pdf