BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUVNING AHAMIYATI
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali 2-bosqich doktoranti
Description
Mazkur maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Unda kompetensiya va kasbiy kompetentlik tushunchalarining mazmuni, bo'lajak o'qituvchi kasbiy tayyorgarligining tarkibiy qismlari, kompetensiyaviy yondashuvning didaktik imkoniyatlari hamda uni oliy pedagogik ta'lim jarayonida amalga oshirish shartlari yoritilgan. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy faoliyati ko'p yo'nalishli va integrativ xarakterga ega bo'lgani sababli uning tayyorgarligida bilim, ko'nikma, malaka, pedagogik tajriba, kasbiy motivatsiya, kommunikativ va refleksiv qobiliyatlarning o'zaro birligi muhimligi asoslangan. Maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida ta'lim mazmunini loyihalash, amaliy vaziyatlarga asoslangan topshiriqlardan foydalanish, mustaqil va jamoaviy faoliyatni tashkil etish, natijalarni mezonlar asosida baholash hamda refleksiyani yo'lga qo'yish bo'yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.