Published September 25, 2026 | Version v1

MA'LUMOTLAR ISHONCHLILIGINI OSHIRISHDA BIG DATANING O'RNI VA VAZIFALARI

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi
  • 2. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Dasturiy injiniring yo'nalishi magistranti

Description

Zamonaviy axborot tizimlarida ma'lumotlar ishonchliligini ta'minlash muammosi Big Data texnologiyalari nuqtayi nazaridan ko'rib chiqildi. Tizimga kirib kelayotgan ma'lumotning bir qismi noto'g'ri, to'liq bo'lmagan yoki qasddan o'zgartirilgan bo'lishi mumkin. An'anaviy relyatsion nazorat esa yuqori tezlikdagi oqimni to'liq tekshirishga ulgurmaydi. Tadqiqotda o'nta ilmiy manbaa qiyosiy tahlil qilindi va har biri bo'yicha qaysi sifat mezoni, qanday nazorat mexanizmi va qanday o'lchov ko'rsatkichi qo'llanilgani aniqlandi. Natijada, Big Data ma'lumotlar ishonchliligini ta'minlashda beshta asosiy vazifani bajarishi aniqlandi: kirish validatsiyasi, triangulyatsiya, asosiy ma'lumotlarni boshqarish (MDM), anomaliyani aniqlash va ma'lumot kelib chiqishini kuzatish (Data Lineage). Bu beshta vazifa tekshiruv xarajati ortib boruvchi tartibda yagona qatlamga — ma'lumotlar ishonchliligi qatlamiga (Data Reliability Layer) birlashtirildi, har bir mezon uchun esa aniq o'lchov ko'rsatkichi belgilandi.

Files

MA’LUMOTLAR ISHONCHLILIGINI OSHIRISHDA BIG DATANING O‘RNI VA VAZIFALARI.pdf

Files (939.7 kB)